Albatta, Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orbanning «Karmelita» saroyida bo‘lib o‘tgan muzokaralarida O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligi hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi munosabatlar bugun tarixiy ildizlar, geosiyosiy manfaatlar va yangi global muhitdagi pragmatik yondashuv asosida shakllanmoqda.
Bu ikki mamlakat o‘tmishi, madaniyati va maqsadlari bilan farq qilsa-da, ularni umumiy strategik manfaatlar birlashtirmoqda. Sharq va G‘arbni bog‘lovchi ko‘prik singari, O‘zbekiston- Vengriya hamkorligi nafaqat ikki xalq manfaati, balki keng mintaqaviy barqarorlik uchun xizmat qilyapti. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi aloqalar tamomila yangi bosqichga chiqdi.
Ikki davlatning hamkorligi savdo iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishlarda har tomonlama samarali bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashriflari: strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish sari muhim qadam.
2025-yil 19–22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflar bilan bordi. Ushbu tashriflar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi darajaga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi.
Tashrif doirasida Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban va Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar, shuningdek, boshqa yuqori darajadagi rasmiylar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Prezident Mirziyoyev Vengriyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Iqtisodiy hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, investitsiyaviy kelishuvlar va hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Sloveniyadagi rasmiy uchrashuvlar davomida esa, ikki tomonlama munosabatlarni diversifikatsiya qilish, ayniqsa, "yashil iqtisod", sog‘liqni saqlash, turizm va logistika sohalarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki davlat prezidentlari xalqaro maydondagi hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor qaratdilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashriflari O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya va texnologiyalar jalb etish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash borasidagi ochiq va pragmatik tashqi siyosatining yorqin ifodasidir.
Tashrif doirasidagi natijalar ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifalarni ochishi, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati
XAITOVA AYJOMAL NAZIROVNA
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2025