Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar, har bir inson taqdiriga, uning huquq va manfaatlarini oliy qadriyat darajasida ko‘tarish va davlat muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, pirovard natijada “inson qadri”ni amalda ta’minlashga qaratilgan. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan mamlakatimizda so‘nggi besh yilda sud-huquq tizimini tubdan isloh etishga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirishda odil sudlov muhim o‘rin tutishi e’tiborga olindi.
Jumladan, sohada yillar davomida yechim topmagan muammoli masalalarni hal qi¬lish borasida Prezidentimizning o‘ndan ortiq farmon va qarorlari hamda Parlament tomonidan odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan uchta kodeks yangidan qabul qilinib, qator qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, bu yo‘nalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan or¬tiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Qabul qilingan qonun hujjatlari asosida sud-huquq sohasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonch¬li himoya qilish darajasini oshirish, odil sudlovdan foydalanish imko¬niyat¬larini kengaytirish, sud tizimini takomillashtirish borasida muhim islohotlar, tashkiliy-huquqiy, tuzilmaviy, institutsional o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi ma¬salasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan tomonidan ham e’tirof etildi.
Sud tizimida amalga oshirilgan islohotlar xalqaro reyting va indekslarda ham mamlakatimiz nufuziga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborlisi, ushbu rey¬tinglar¬¬da mamlakatimizning o‘r¬ni asosan sud faoliyati samaradorligiga erishganligi natijasida yaxshilangan. Ushbu ko‘rsatkich eng yuqo¬ri bo‘lgan 16,6 ball¬ga ko‘tarildi.
Bunday natijalarga erishishda, albatta, sohada amalga oshirilgan tarixiy islohotlar hamda qabul qilingan qonunlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatimiz sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritganda, 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘-risida»gi qonun mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilganiga e’tibor qaratish lozim. Mazkur qonun «o‘tish davri»ning keng ko‘lamli o‘zgarishlarini huquqiy tartibga solishda muhim rol o‘ynadi. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish borasida mustahkam huquqiy zamin yaratildi. «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun 2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirda qa¬bul qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining yangi bosqichi qo¬nun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ham¬da fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, odil sudlov samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Real ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ilg‘or xalqaro¬ standartlar talablariga javob beradigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan zamonaviy sud qonunchiligini shakllantirmasdan turib, ushbu vazifalarga erishib bo‘lmaydi.
Bunda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning amalda bo‘lgan tahririga 2001 yildan boshlab 19 marta konseptual o‘zgartirishlar kiritildi. Shunga qaramay, ushbu qonunda sud tizimidagi islohotlar, chuqur o‘zgarishlar to‘liq aks ettirilmagan va u odil sudlov sohasidagi xalqaro standartlarga, zamonaviy talablarga javob bermay qolgan edi.
Shu sababli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohatlarining mantiqiy davomi sifatida hamda Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliya¬tini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga do¬ir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘-risida»gi qonun ishlab chiqildi.
«Sudlar to‘g‘risida»gi qo¬nunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda qabul qilindi, Senat tomonidan 26 iyunda ma’qullandi hamda 2021 yil 28 iyulda Prezidentimiz tomonidan imzolandi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tgano‘n oltinchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlardan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida to‘xtaladigan bo‘lsak,1993 yilda qabul qilingan va o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, 2000 yil 14 dekabrda yangi tahriri tasdiqlangan, 2021 yil 28 iyulgacha amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonunda sud tizimida olib borilgan islohotlar natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlar to‘liq aks ettirilmagan edi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 14 ta bob va 101 ta moddadan iborat bo‘lib, Qonun bilan odil sudlovning asosiy prinsiplari va sud hujjatlarini qayta ko‘rish tartibi takomillashtirildi, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirildi, sudyalik lavozimiga nomzodlar va saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga moslashtirildi, sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqildi, sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi aniqlashtirildi hamda sudyalarning ijtimoiy himoyasi bog‘liq masalalar aks ettirildi.
Yangi qonunning asosiy maz¬¬mun-mohiyati quyidagilarga qaratilgan:
Birinchidan, sud tizimida amalga oshirilgan tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar qo¬nunda aks ettirildi. Xususan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning yagona sudga birlashtirilgani va ma’muriy sudlar tizimidagi o‘zgarishlarga oid normalar nazarda tutildi.
Ikkinchidan, odil sudlovning asosiy prinsiplari qayta ko‘rib chiqildi. Ya’ni qo¬nuniylik, odil sudlovni amalga oshirishda malakali yuridik yordam, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqi kabi yangi asosiy prinsiplar bilan to‘ldirilib, amaldagilariga tahririy o‘zgartishlar kiritildi.
Uchinchidan, sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qay¬ta ko‘rish tartibi ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirildi. Xususan, sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatilishi munosabati bilan Oliy sud Plenumi, Rayosati, barcha sudlarning vakolatlari, tarkiblariga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiqlashtirildi.
To‘rtinchidan, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirildi. Sudyalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidan foydalanish borasidagi huquqlari kengaytirildi. Ularning majburiyatlari «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun, Sudyalarning odob-axloq kodeksi talablariga muvofiqlashtirildi.
Beshinchidan, sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalik lavozimiga tayinlanadigan, saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lmagan shaxslar doi¬rasi belgilanib, ish stajlari bo‘yicha talablar qayta ko‘¬rib chiqildi.
Oltinchidan, sudyalar, sud raislari va rais o‘rinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi takomillashtirildi.
Yettinchidan, sudyalarning intizomiy javobgarligi, intizomiy ishni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi uning huquq va manfaatlarini e’tiborga olgan holda qay¬ta ko‘rib chiqilib, uning maqomiga moslashtirildi. Bunda sudyalarga nisbatan intizomiy ish faqat sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘zg‘atilishi nazarda tutildi. Sudyalarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy choralar turi kengaytirildi. Sudya¬larga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi berildi.
Sakkizinchidan, sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi yanada aniqlashtirildi. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatish asoslari kengaytirilib, sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa yoki sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ish¬tirok etayotgan taqdirda sudyaning vakolatlari to‘xtatilishi belgilandi.
To‘qqizinchidan, sudyalarning moddiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qi¬lish choralari kuchaytirildi.
Shuningdek, ilk bor «Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi, «Sudya¬larning malaka darajalari to‘g‘risida»gi va «Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida»gi Nizomlar qonun bilan tasdiqlandi.
Shunday qilib, «Sudlar to‘g‘¬¬risida»gi qonunning yan¬gi¬ tahrirda qabul qilinishi:
– sud-huquq sohasida so‘ng¬gi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni qonun bilan mus¬tahkamlashga;
– sudyalarning mustaqilligini to‘liq ta’minlashga qa¬¬ratilgan kafolatlarni yanada kuchaytirish, sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirishga;
– fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, bunga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirishga;
– odil sudlovga oid hu¬quqiy normalarni xalqaro standart¬larga moslashtirish, bu boradagi xalqaro hujjatlar normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishiga;
– sud hokimiyati bilan bog‘liq masalalarni me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solish amaliyotini bekor qi¬lishga, odil sudlov samaradorligini oshirishga;
– sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi bo‘yicha xal¬qaro reytinglarda mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari qonunda BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayanning 2019 yil 19-25 sentabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlariga doir ma’ruzasida berilgan tavsiyalari inobatga olingan holda muayyan normalar bayon etildi. Bu ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlari bajarilishiga qo‘¬shilgan hissadir.
“Sudlar to‘g‘risida”gi 28.07.2021 yildagi O‘RQ-703-son Qonuniga asosan sud tizimi o‘zgartirildi, Konstitutsiyaviy sud va Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi esa alohida qonunlar bilan belgilanadi.
Yangi qonunga ko‘ra, sud tizimi endi quyidagilardan iboratdir:
• Konstitutsiyaviy sud;
• Oliy sud;
• harbiy sudlar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
• fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
• jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
• tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
• tumanlararo ma’muriy sudlar.
Konstitutsiyaviy sud va Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonunlar bilan belgilanadi.
Quyidagilarning vakolatlari chegarasi belgilandi:
• Oliy sud, uning Plenumi va Rayosati, shuningdek rais, raisning birinchi o‘rinbosari va raisning o‘rinbosarlari – sudlov hay’ati raislari;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, ularning rayosatlari va sud hay’atlari;
• fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, iqtisodiy sudlar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi;
• tumanlararo ma’muriy sudlar.
Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar esa Qonunning 68-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
• Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 15 yillik ish stajiga (2021 yil 29 iyulgacha amalda bo‘lgan Qonunda 10 yil edi), shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yillik ish stajiga(oldin 5 yil edi) ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
• Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 10 yillik ish stajiga (oldin 7 yil edi), shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
• Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, 35 yoshga to‘lgan va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 7 yillik ish stajiga(oldin 5 yil edi) ega bo‘lgan shaxs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.
• Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
Qonunning 85-moddasiga ko‘ra, vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Sudyalarning intizomiy javobgarligi ilgari qonunning 73 moddasi bilan tartibga solingan bo‘lsa, endi ushbu normaga 4 ta moddadan iborat 11-bob bag‘ishlangan.
Unga ko‘ra, sudya intizomiy javobgarlikka quyidagi holatlarda tortilishi mumkin:
• odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganlik uchun;
• sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun;
• sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga bog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
• Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganlik uchun.
Sudyalarning malaka hay’ati sudyaga quyidagi intizomiy jazolardan birini qo‘llashi mumkin:
• ogohlantirish;
• hayfsan;
• o‘racha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
• malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;
• vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Yangi qonun bilan kiritilgan 12-bob sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish holatlari va tartibini nazarda tutadi.
Sudyalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga keladigan bo‘lsak, yangi qonun ularga uy-joy olish va ijaraga olingan turar-joy binolari uchun kompensatsiya olish imkoniyatini beradi.
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslar va OAV vakillari qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin. Biroq, tartibning o‘zi ushbu qonunda bayon qilinmagan.
Bir so‘z bilan aytganda, qonunning qabul qilinishi esa O‘zbekiston Respublikasida sud tizimining faoliyat ko‘rsatish tartibini va sudyalar mustaqilligi kafolatlarini takomillashtirishga, sudyalik kasbining obro‘sini ko‘tarishga, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash va sudning nufuzini oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi K.Nazarov
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2025
1 izoh