Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash hamda fuqaro va tadbirkorlarning odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirishga bo'lgan yana bir ilg'or qadam

Hozirgi kunda davlatimizda barcha sohalarda juda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning tashabbusi bilan “2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda tub demokratik islohotlar davrini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar barcha sohalarni qamrab oldi. Eng asosiysi, mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha'nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta'minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat bo'lgan 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi va bu strategiya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi.
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish – Taraqqiyot strategiyasining ikkinchi ustivor yo'nalishi, vazifasi sifatida belgilab olindi. Aynan shu vazifani bajarish hamda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida 2023 yil 16 yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-11 va “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-12-sonli Farmonlari qabul qilindi.
Prezidentimizning PF-11-sonli Farmoni bilan 2023 — 2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda ushbu strategiyani amalga oshirish bo'yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. E'tiborli jihati shundaki, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudьyalar siymosida o'zining ishonchli himoyachisini ko'rishiga erishish bilan birga, sud qarorlarining qat'iy ijrosini ta'minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas'uliyatini oshirish, strategiya doirasida odil sudlovni ta'minlashning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.
Harakatlar dasturi 10 ta bo'lim 28 ta banddan iborat bo'lib, uning “Odil sudlov sifatini tubdan oshirish” deb nomlanuvchi 2-bo'limining 5-bandi ma'muriy sud ish yurituvini takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu bandda 2023 yil noyabrь oyiga qadar “Ma'muriy sud ish yurituvini takomillashtirish kontseptsiyasi”ni ishlab chiqish, bunda:
– ma'muriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar o'rtasidagi barcha nizolarni xatlovdan o'tkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish;
– ma'muriy sud ish yurituvi printsiplarini tanqidiy o'rganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi printsiplarni kiritish;
– ma'muriy sud ish yurituviga da'vo institutini kiritib, ma'muriy organlar ustidan beriladigan da'vo turlarini aniq belgilash;
– fuqarolar va tadbirkorlarning ma'muriy hujjatga bo'lgan ishonchini himoya qilish tizimini tanqidiy o'rganib, yetkazilgan zararni undirish tartibini aniqlashtirish;
– ma'muriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro — arizachining xohishiga ko'ra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish belgilash lozimligi ko'rsatilgan.
Sud-huquq sohasiga bag'ishlangan yuqorida qayd etib o'tilgan Prezident Farmonlari avvalambor, “Inson qadri uchun” g'oyasi asosida qabul qilingan bo'lib, ular adolatli sud tizimini shakllantirish, xalq manfaati va inson qadr-qimmatini sud yo'li orqali samarali himoya qilish hamda fuqarolarning odil sudlovga bo'lgan ishonchi oshishining ta'minlanishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo'yicha
sudlov hay'ati sudьyasi
Ergashev Otabek Akbutayevich

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?