FUQAROLAR SUD JARAYONLARIDA MASOFADAN TURIB QANDAY ISHTIROK ETADI.


O‘zbekiston Respublikasining Prezident tomonidan 11.03.2025 yildagi «Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1047-son Qonun imzolandi.



Hujjat bilan aholining fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

 Jumladan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi.

 Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni ko‘rayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda aniqlanadi.

 Tegishli o‘zgartirishlar Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilmoqda.

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 
Jinoyat ishlari bo‘yicha

Oltinsoy tuman sudining raisi        

                      T.Abdullayev.