Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
OLTINSOY TUMAN KENGASHI SESSIYASI

Sessiyada “Tumanni reyting baholash ko‘rsatkichlarining samaradorligi haqida”, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, ularni “Temir daftar”dan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida” tuman hokimining birinchi o‘rinbosari—iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i I.Babakulovning hisoboti tinglandi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida;
Shuningdek, sessiyada “Aholi tadbirkorlik sub’yektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar”, “Tumanda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari M.Abdullayev, Tuman elektr tarmog‘i korxonasi tomonidan tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan Oltinsoy tuman elektr tarmog‘i korxonasi boshlig‘i Sh.Alimqulov, Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i F.Umarovning “ Tibbiyot birlashmasi va joylardagi qishloq oilaviy poliklinikalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Bo‘lib o‘tgan sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalarida ko‘rilgan masalalar tasdiqlandi. Shuningdek, sessiyada deputatlar Oltinsoy tumanidagi 35-maktab direktori lavozimi uchun Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tavsiya etilgan Azamat Daminovning nomzodini tasdiqladilar.
Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?