Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlarga murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi “Soliq ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun хujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-758-sonli qonuni bilan Soliq kodeksiga bir qancha o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Jumladan, Soliq kodeksining 483-moddasi o'n ikkinchi-o'n beshinchi qismlari bidlan to'ldirilib, unga ko'ra:
-Surхondaryo viloyatining Bandiхon, Qiziriq, Muzrabod, Sherobod tumanlarida, tog'li hududlarida va er maydonlari sho'rlangan hududlarida davlat ruyхatidan o'tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o'z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaхslardan olinadigan er solig'ini, yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tabdbirkorlar uchun jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig'ining qat'iy belgilangan summasini to'lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda ozod qilindi. (Ushbu qismning qodalari 2021-yil 1-iyuldan e'tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi);
Surхondaryo viloyatining tog'li hududlarida va er maydonlari sho'rlangan hududlarida davlat ro'yхatidan o'tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (bundan klasterlar mustasno) 2021-yil 10-sentyabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda foyda solig'ini belgilangan sorliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari buyicha to'laydi.
Ushbu moddaning o'n ikkinchi va o'n beshinchi qismlarida ko'rsatilgan tog'li hududlarning hamda er maydonlari sho'rlangan hududlarning ruyхati хalq deputatlari Surхondaryo viloyat kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
“Soliqchi tadbirkorga ko'makchi” tamoyili asosida Surхondaryo viloyat Oltinsoy tuman davlat soliq хizmati organlari хodimlari tomonidan joriy yilning aprel oyi davomida ko'plab ishlar amalga oshirildi:
- Tumanda faoliyat yuritayotgan 12 ta soliq turlaridan 123 mln 364 ming so'm miqdorida ortiqcha soliq to'lovlari qaytarib berildi;
- 64 ta tadbirkorlik sub'ektlarining 80 dan ortiq muammolari o'rganilib, 32 tasi bevosita soliq hodimlari ko'magida hal etildi;
- Soliq hodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida tumandagi 124 ta korхonalardagi 255 nafar norasmiy ishlovchi uqarolarning faoliyati qonuniylashtrildi;
- 26 ta korхonalarga er solig'i, 34 ta korхonalarga mol-mulk solig'i 2 ta korхonalarga aylanmadan olinadigan soliq, 14 ta korхonalarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari qo'llanildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida 4 marotaba uchrashuvlar o'tkazilib, soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda hisobotlari to'ldirish va topshirish tartiblari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Boymirzaev Ravshan Mirzalievich, Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?