Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH HAMDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH TO‘GʻRISIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR

2017 yilning 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5087-son farmoniga asosan aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada faol jalb etish va xususiy biznesini boshlashga, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha sarsongarchiliklarsiz va qog‘ozbozliksiz tezkor hal etishga xizmat qiladigan bozor infratuzilmasining barqaror ishlashi va yanada rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmning samarali tizimi yaratildi.
Ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik, tadbirkorlik sub’yektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash va tashqi iqtisodiy faoliyat va investisiyalarni jalb qilish sohasidagi asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlar belgilab berildi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlaridan biri statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirishda maslahatlar berish qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil
5 fevraldagi PF-5655-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 710-sonli qaroriga asosan Axolini ro‘yxatga olish ishlari 2022 yildan 2023-yilga o‘zaytirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yangidan qabul qilingan qaror va farmonlar iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini har tomonlama himoya qiladi va mamlakatimiz aholisi yashash tarzi hamda taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
1%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 710 ovoz berildi.