Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SURXONDARYO VILOYATIDA SUV RESURSLARINI BOSHQARISHNI YAXSHILASH (XAZARBOG‘-OQQAPCHIG‘AY KANALLAR TIZIMINI QAYTA TIKLASH)” LOYIHASI TO‘G‘RISIDA

Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash)” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 apreldagi PQ-2332-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 122,72 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 33,17 mln. dollari O‘zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Islom taraqqiyot bankining qarz mablag‘laridir. 2019 yilda loyiha doirasida 17,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirildi, 43,1 km uzunlikdagi kanallar rekonstruksiya qilinib, 28,5 km uzunlikdagi qismiga beton yotqizildi, 69 ta gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilindi, 1387,9 ming m3 tuproq ishlari va 58,47 ming m3 beton ishlari bajarildi.

Bugungi kunda Bosh pudratchi Samarqand viloyatining payariq tumanida faoliyat yuritayotgan “2-son MKK” va Janubiy Koreyaning “Kubo Construction” konsorsiumi tashkilotlari tomonidan qurilish-kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Shunga ko‘ra, Oltinsoy tumani hokimligining tashubbusi hamda Suv xo‘jaligida horijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhi tomonidan dastur doirasida Hazarbog‘ kanalining PK355+00 dan PK374+00gacha Oltinsoy tumani markazidan o‘tuvchi qismida “Salomatlik yo‘lakchasi” ham hududidan o‘tuvchi 3 kilometr qismida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihada pudratchi korxonlar tomonidan 10 dona ekskovator, 15 dona mikser va 180 nafardan ortiq ishchi xodimlar qurilish ishlarida elimiz ravnaqi yo‘lida 3 smenada ish tashkil qilib, mehnat qilishmoqda.

Shuningdek, parallel ravishda mahalliy budjet tomonidan mablag‘ ajratilib, “Salomatlik yo‘lakchasi” qurilish ishlari quruvchi korxonalar tomonidan qo‘shimcha ravishda amalga oshirilmoqda!

Oltinsoy tumani Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i M Musurmonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
1%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 710 ovoz berildi.