Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
KASB BAYRAMI MUNOSIB NIShONLANDI

Bugun, 11 noyabr kuni Oltinsoy tuman hokimligining majlislar zalida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ko‘tarinki ruhda, shodiyona kayfiyatda o‘tkazilgan ushbu tadbirda Oltinsoy tumani hokimi Alisher Djumaev, hokim o‘rinbosari Xayrulla Qosimov, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Farid Umarov, «Xalq va hayot» gazetasi bosh muharriri Normurod Temirov, tibbiyot xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tuman hokimi Alisher Djumaev bayramga tashrif buyurgan shifokorlarni va ular orqali tumandagi barcha tibbiyot xodimlari hamda faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. 

— Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman, — dedi notiq o‘z nutqida. — Inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligidir. Siz shifokorlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlarisiz. Xalqimiz salomatligini asrash yo‘lida bor bilim va tajribangizni ayamayotgan Siz aziz shifokorlarning mehnatingizni munosib qadrlaymiz va rahmatlar aytamiz.

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?