Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I” 

    Bugun, 18noyabr kuni Oltinsoy tumanidagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimov qatnashdi.

Tadbir tashkilotchilari—Oltinsoy tuman hokimi maslahatchisi Fozil Oripov hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Davron Qushievlar bayramga puxta taraddud ko‘rishdi.

 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda dastlab tumandagi 13-IDUM o‘quvchilari davlatimiz bayrog‘iga bag‘ishlangan she’rlardan yod o‘qishdi.

Tadbirda “Pahlavon” mahallasida yashovchi hofiz Marday Yoqubov ijrosidagi “O‘zbegim ” qo‘shig‘i hamda Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari mohirona ijro etgan “Andijon polka” raqsi, tuman madaniyat bo‘limining Vaxshivor madaniyat markazi xonandasi Shahboz Jo‘raqulov, 15 -son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Baxtiyor Jumaevlar ijro etgan “Vatan”, "Yurt bayrog‘i" singari qo‘shiqlar olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etilgan maktablar o‘quvchilari va qatnashchilarga Davlatimiz ramzi - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida tushunchalar berilib, ularning vatanparvarlik  tuyg‘ulari shakllanishiga muhim omil, bo‘ldi deyish mumkin.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu tadbirda tashkilotchilar tomonidan  davlatimiz bayrog‘i haqida bilim va chuqur tushunchaga ega bo‘lgan o‘quvchilarga Faxriy yorliqlar topshirilib, kitoblar sovg‘a qilindi.

N.TEMIROV,

O.SODIQOV.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?