Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Oltinsoy innovatsion tumanida uzumchilik ilmiy va aqlli texnologiyalar asosida yaratiladi.

Oltinsoy innovatsion tumanida qishloq xo‘jaligining uzumchilik sohasida Suv tejamkor “Aqlli suv”, “Aqlli hisoblagich” va “Masofadan boshqarish” texnologiyalarni  joriy etish orqali tumanning qishloq xo‘jaligida suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan  Shirin va Xo‘jasoat hududlarida joriy yilda voish usulida 500 gektar  yer maydonida “in-vitro” usulida yetishtirilgan uzum ko‘chatlari ekilib uzumzorlar yaratiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘z so‘zida Oltinsoy tumani Respublikadagi tumanlar orasida 5 toifada ekanligi tumanning barcha sohalarini rivojlantirish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilib davlat tomonidan berilayotgan barcha imtiyozlardan samarali foydalanib, tuman iqtisodiyotini ko‘tarish zarurligi aytildi. Kelgusida yaratiladigan uzumzorlarda sifatli, eksportbop uzum mahsulotlari yetishtiriladi va  minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
9 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?