Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda
Tadbirlar / 2021-10-28

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Oltinsoy tuman statistika bo‘lim xodimlari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari va ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida “Ozbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi boyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Oltinsoy tuman statistika bo'limi boshlig'i. O.Xasanov

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?