Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
KO‘NGILLARNI  SHOD ETIB...
Tadbirlar / 2021-12-03

 Bugun, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni   munosabati bilan Oltinsoy tumani markazidagi “Okean” to‘yxonasida tuman hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, tuman Nogironlar jamiyati, tuman Ko‘zi ojizlar jamiyati hamkorligida  nogironligi bo‘lgan shaxslar  uchun   dasturxon  yozilib, tadbir o‘tkazildi.

Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tashrif buyurgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etgan ushbu tadbirda  Oltinsoy tumani hokimi A.Djumaev  so‘zga chiqib,bayram ishtirokchilarini qutladi. 

   — Har yili  3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni  sifatida respublikamizda keng nishonlanishi, amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.Mamlakatimizda  aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda,—dedi tuman hokimi.—Tumanimizda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun 3 dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi, homiylar ishtirokida tumanimizning barcha mahallalaridan kelgan  ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning  ko‘nglini shod etishga harakat qildik.

Shundan so‘ng tadbirda tuman hokimligi va homiy tashkilotlar tomonidan bayram ishtirokchilariga turli sovg‘alar  ulashildi.

Bayram davrasiga tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yanada fayz kiritdi.

3 dekabr—Nogironlar kuni munosabati bilan  Oltinsoy tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-,51-,34-,64-maktablarda ham tadbir doirasida maktablarga kelolmaydigan, imkoniyati cheklangan, yakka ta’lim o‘quvchilari    holidan  xabar olindi, sovg‘a-salomlar topshirildi. 

 

 

 

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?