Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
FUQAROLAR MAMNUN BO‘LDI
Tadbirlar / 2023-01-06

Bugun, 6 yanvar kuni Oltinsoy tumanidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining majlislar zalida Oltinsoy tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Qudrat Safarov va tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri H. Astanaqulovlar murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildilar.

Unda tuman hokimligi mutasaddilari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda tumandagi mahallalardagi hokim yordamchilari ham faol qatnashdilar.

Qabulda aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joylarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlar tushdi.

 

Qabul davomida ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etilib, turli muammolar bilan kelgan hamyurtlarimizning ko‘ngli yorishdi.

Jumladan, “Jiyanbobo” mahallasidan murojaat bilan kelgan U.Pirimovaga uy-joy qurilishi uchun yog‘och va shifer bilan ko‘mak berishga qaror qilindi. Bunday ko‘makdan fuqaro juda mamnun bo‘ldi. Shuningdek, “Hayrondara” mahallasidan fuqaro L.Mirzaevaga uy qurishiga ko‘mak berish masalasidagi murojaatiga javoban shifer ta’minotini mahalla o‘z zimmasiga oldi. “Karsagan” mahallasidan murojaat bilan kelgan M.Ashurovaga esa simyog‘och bilan ta’minlab berish masalaga daxldor tashkilotga yuklatildi.

Qabul davomida 50 nafarga yaqin murojaatlar tinglandi. Qo‘shimcha o‘rganish va ijrosi ma’lum muddatni  talab etadigan murojaatlar ro‘yxatga olindi va bu borada ham tegishli choralar belgilandi.

A.ODINAEV,

O.SODIQOV.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?