Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SHARAFLI BURCH IFODASI
Tadbirlar / 2023-01-14

 

 

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni 

 

Bugun, Oltinsoy tumanida 14 yanvar – Vatan himoyalari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlab tuman hokimi Alisher Djumaev rahbarligida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa tashkilot, korxona va muassasalar mehnat jamoalari vakillari “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Askar yigitlar faxriy qorovullikda saf tortib turishdi. Ona Vatan uchun sadoqat bilan xizmat qilib, qahramonlarcha halok bo‘lgan Vatan himoyachilari xotirasi yodga olindi.

 

Shundan so‘ng tuman hokimligining majlislar zalida tantanali tadbir boshlandi.

 

Unda tuman hokimi A.Djumaev yig‘ilganlarni va ular orqali tuman ahlini 14 yanvar – Vatan himoyalari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi munosabati qizg‘in tabrikladi. Tumanimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:

—Avvalo, o‘z hayotini Vatanimizni himoya qilishdek ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz ahlini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ ayyomda jonajon Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan sizdek olijanob kasb egalarini sharaflaymiz. Shu bilan birga, jangovar burchini ado etishda mardlarcha halok bo‘lgan fidoyi harbiy xizmatchilarimizning nurli va so‘nmas !!!

 

Shu kuni Ma’naviyat va ma’rifat Oltinsoy tuman bo‘linmasi rahbari Rustam Yadigarov tomonidan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!” degan shior ostida turli kasb egalari ishtirokida fotochellenj tashkil etildi.

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

 N.TEMIROV,

A.ODINAEV,

O.SODIQOV.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?