TADBIRKOR – ELGA MADADKOR
Bugun, 4 noyabr kuni Oltinsoy tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhom Babakulov jurnalistlar va faollar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhom Babakulov “Tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, Oltinsoy tumanida mavjud imkoniyatlar” degan mavzuda ma’ruza qildi.
Notiq o‘z so‘zida joriy yilning shu davriga qadar tadbirkorlar, kichik biznes vakillari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tumanda amalga oshirilgan ishlar, ularga ajratilgan kreditlar, ko‘rsatilgan ko‘maklar va huquqiy himoyasining ta’minlanganlik darajasi borasida alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng ochiq muloqotda qatnashayotgan jurnalist va fuqarolar mavzuga aloqador savollar bilan murojaat qildilar.
Ochiq muloqotda notiq tomonidan barcha savollarga javoblar qaytarildi.