Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishni natijalari nima beradi.
Axborot xizmati / 2022-05-11

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to‘g‘risida ishonchli
va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;
- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;
- aholini ro‘yxatga olishdavrioralig‘idagi aholi soni
va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Oltinsoy tuman statistika bo‘limi boshlig‘i: O.Xasanov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?