Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SUV TEKIN EMAS!

Ota-bobolarimiz, «Ummon oldida tursang ham bir tomchi suvni isrof qilma», deb bejiz aytishmagan. Sizning suvni isrof qilmasdan yetishtirgan mahsulotingiz yoki ko‘rsatayotgan xizmatingizda albatta baraka bo‘lishini dildan his etishingiz kerak.

Xabaringiz bor, so‘nggi 40 yil ichida dunyodagi har bir kishi boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 60 foizga kamaygan. Yaqin 25 yil ichida yana 2 barobarga kamayishi taxmin qilinmoqda. Suv iste’moli so‘nggi 100 yil ichida 6 marta ortgan, 2050 yilga kelib bu miqdor yana ikki barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu eng avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qishloq xo‘jaligi talablaridan kelib chiqishi taxmin qilinayotir.

Shuning uchun zamonaviy suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, suvdan o‘z vaqtida, bir tomchisini ham isrof qilmasdan ishlatishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suvning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan shaxsga qonunchilik asosida javobgarlik choralari ham borligini yoddan chiqarmasligimiz kerak!

 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati  R.Turdiev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
26 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?