Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
E‘lonlar / 2021-11-08

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi faol fuqaro Sobir Shohimardonovning o‘zining Bir murojat izidan guruhida e’lon qilgan “OLTINSOYLIKLAR QOChAN OQMA GAZDAN FOYDALANADI?” nomli tanqidiy posti yuzasidan quyidagilarni o‘rganib chiqdi:

  1. Oltinsoy tumanidagi aholi va ulgurji tabiiy gaz iste’molchilari  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 apreldagi 47-sonli yig‘ilish bayoni 4-bandida tumanda tabiiy gaz iste’molchilari soni 5000 tadan kam bo‘lsa iqtisodiy samarasiz deb topilgan tumanlarni suyultirilgan gaz ta’minoti o‘tkazish belgilangan shu sababli Surxondaryo viloyatida 2017 yil  22 martdan  “Muzrabot” va “Oltinsoy” tumani (shu yilda tumanda 2200 ta tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lgan)  tabiiy gazdan suyultirilgan gazga moslashtirilgan.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7-iyuldagi  PQ-2367-sonli, 2016 yil 10-iyundagi PQ-2545-sonli, 2017 yil  22-iyundagi  PQ-3079-sonli qarorlari,  Vazirlar Maxkamasining  2015 yil 6-apreldagi (EDO-05/1-2598 06.04.2015 yil) 26-sonli va  2016 yil 4-apreldagi №47-sonli (07.04.2016 yil №06-06/1-444) yig‘ilish bayonlari, Surxondaryo viloyat hokimining 2015 yil  12 avgustdagi 212-sonli va Oltinsoy tuman hokimining 2015 yil 23 maydagi №308-sonli, 2016 yil 10 iyundagi №622-sonli qarorlari va tasdiqlangan jadvallarga asosan Oltinsoy tumani bo‘yicha barcha aholi iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan to‘liq uzilib ijara shartnomasi asosida maishiy gaz ballonlar ajratilgan holda to‘liq suyultirilgan gazga moslashtirilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining A.N.Aripov tomonidan 2018 yil 20 noyabrda tasdiqlangan №01-21/3497-sonli yig‘ilish bayonining 15-bandi. 2-xat boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va Oltinsoy tuman hokimi tomonidan 2018 yil 9 noyabrda “Kuz-qish davrida Oltinsoy tumani bo‘yicha aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash haqida” yig‘ilish bayoni tasdiqlanib ushbu tasdiqlangan xujjatlar talabiga ko‘ra Oltinsoy tumani markazidagi 1 ta Markaziy shifoxona, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 11 ta ko‘p qavatli uy-joylarni tabiiy gaz bilan gazlashtirilgan. Hozirgi kunda Oltinsoy tumani markazidagi 1 ta Markaziy shifoxona, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 11 ta ko‘p qavatli uylaridagi honadonlarning 90 tasi tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda.
  4. Oltinsoy tumanida 2017 yil 22 martga qadar tabiiy gazdan foydalanilgan 2200 ta honadonni tarmoqqa ulash yuzasidan Halq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2021 yil 5 oktabrdagi № -35-53-8-108-k/21-sonli qarori qabul qilinib  “Xududgazta’minot” AJga yuborilgan.
  5. 2021 yil 8 oktabr kuni Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Surxondaryo viloyatida saylovchilari bilan uchrashuvida tuman Kengashining deputati Raim aka Xamroev tomonidan  tabiiy  gazga  ulanish  bo‘yicha  taklif kiritilgan.
  6. Suyultirilgan gaz iste’molchilari bo‘yicha 39123 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilar mavjud bo‘lib, bugungi kunda barcha maishiy gaz ballonlariga stekir yopishtirilgan, suyultirilgan gaz iste’molchilari “ID” kartalari bilan ta’minlangan va  suyultirilgan gaz iste’molchilari to‘lovni to‘liq “ID” kartalar orqali amalga oshirmoqdalar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?