Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
AHOLINI RO‘YXATGA OLISH - DAVR TALABI
E‘lonlar / 2021-11-19

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH - DAVR TALABI

 

Oltinsoy tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan mamlakatimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok эtishini ta’minlash maqsadida  korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida tadbirlar, o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi”da aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va asosiy vazifalari yoritilgan bo‘lib, tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari belgilangan edi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2023 yilga ko‘chirilib, tayyorgarlik ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi.

 

Aholini ro‘yxatga olish ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar, davlatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va aholini bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun muhim hisoblanadi.

 

Oltinsoy tuman statistika bo‘limi  boshligi     O.Xasanov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?