Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
DIQQAT, TANLOV!
E‘lonlar / 2021-07-16

DIQQAT, TANLOV!

 

 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga bag‘ishlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida  ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

     Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda mamlakatimiz mustaqilligining ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida Yangi O‘zbekistonni bunyod etish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan salmoqli yutuqlar, davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori,  jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, harbiy-vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya, yoshlar kamoloti, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish, milliy madaniyatimiz va san’atimizning betakror namunalari, qadriyatlarni ulug‘lash, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi  ishlar ta’sirchan misollar, lavhalar asosida ifodlanishi, yoritilishi kerak.

Tanlov “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi ijtimoiy reklama” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda ishtirok etuvchilarning yoshi  va kasb sohalari chegaralanmagan. Ko‘rik-tanlov bir bosqichdan iborat.  

Taqdim etilgan  materiallar Hakamlar hay’ati tomonidan tashkilotchilar tasdiqlagan Nizom asosida  ko‘rib chiqiladi va har uch yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. G‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

 

1-o‘rin sohibiga 10 (o‘n) million so‘m;

 

2-o‘rin sohibiga 8 (sakkiz) million so‘m;

 

3-o‘rin sohibiga 5 (besh) million so‘m.

 

Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham topshiriladi.

Tanlovga taqdim etiladigan maqola, videorolik va ijtimoiy reklama mahsulotlari 2021 yilning 20 mayidan 20 avgustiga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak. Videorolik va ijtimoiy reklama mahsulotlari 5 daqiqadan oshmasligi, maqolalar nashr (PDF) shaklida yuborilishi kerak.

Ijodiy ishlar Ijodiy tanlov 2021 telegram kanali orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: 94 657 07 87,  97 701 99 93, 71 2155045. 

Tanlovga doir ma’lumotlar bilan manaviyat.uz veb-saytida hamda Ijodiy tanlov 2021 telegram kanali orqali batafsil tanishish mumkin.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida taqdirlanadi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?