Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish.
E‘lonlar / 2023-06-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 07 iyulda «Avtotroansport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga asosan, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
Elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
Elektron ishonchnomani rasmiylashtirish uchun avtotransport vositasi egasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish uchun so‘rov yuboradi.
Shuningdek, yuborilgan murojaat bo‘yicha shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. Elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o‘rnatilgan davlat bojiga nisbatan undiriladi.
Jumladan: bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz;
Ko‘rsatilgan xizmat natijasida vakolatli organ tomonidan QR-kodli ishonchnoma beriladi. Elektron ishonchnomaning mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi.
Elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi.
Oltinsoy tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi X.Rasulov.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?