Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Rasmiy munosabat
E‘lonlar / 2023-06-19

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda taqatilgan "Davlat Xavfsizligi xizmati  kubogi" uchun o‘tkazilgan o‘yinlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan "bolalarni urib yotibdi" mazmunida tarqatilgan videoxabar yuzasidan Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan quyidagilar o‘rganildi:

  1. Ushbu o‘yin Shodlik(A Bo‘taev) mahallasida o‘tkazilgan DXX kubogining nimchorak musobasida Gulchechak va Ipoq mahallasi 16-30 yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yin bo‘lgan.
  2. O‘yin davomida ikkala komanda o‘yinchilari o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Maydondagi bosh hakam o‘yinchilarni tartibga chaqirgan, o‘yinchilar bosh hakamning o‘yin qoidalariga bo‘ysunishmagan.
  3. Tartibni saqlash maqsadida IIB xodimlari og‘zaki ogohlantirishlar berishgan. Ushbu o‘yin davomida hech qaysi fuqaro tan jarohati olmagan. IIB xodimlari esa o‘yinchilarga nisbatan kuch ishlatishmagan.
  4. O‘yin Gulchechak mahallasi yoshlarining 3-1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanib, keyingi bosqichga yo‘l olgan!

Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va futbol ishqibozlari! Tarmoqlarlarda tarqatilayotgan har-xil xabarlarning hammasiga ishonib, salbiy xulosa chiqarmasliklaringizni, sport bu do‘stlik bayrami ekanligini unutmasliklaringizni so‘rab qolamiz!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?