Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Rasmiy munosabat
E‘lonlar / 2023-11-26

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati Telegramdagi va YouTubedagi EFFECTUZ|Rasmiy kanalida Oltinsoy tumani Gulobod mahallasidagi 11-MTT bo‘yicha aholi murojaatlari asosida quyidagilarni o‘rgandi:

  1. Ushbu 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-465-son "2023 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori 11-ilovasi "2023 yilda Surxondaryo viloyatida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha" ushbu mahalla hududida rekonstruksiya qilish orqali 50 o‘rinlidan 120 o‘rinli qilib qurilgan.
  2. Muassasaning yuridik manzili Gulobod mahallasi bo‘lib, rekonstruksiya qilinishiga sabab qilib, qaytadan 120 o‘rinli qilib qurilishiga Surxondaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan "zamonaviy shaharsozlik" talablariga javob bermasligi hamda moddiy jihatdan eskirganligi sababli berilgan xulosasi ko‘rsatilgan.
  3. Videomaterialda mas’ul mutasaddi tashkilot- tuman Maktabgacha va maktab ishlari bo‘limi rahbari Z Jo‘raevning bayonotlari ham yuqoridagi mazmunda bayon qilingan. Muassasaning avvalgi va hozirgi manzili ham Gulobod mahallasi bo‘lganligi, unga yangi raqam berish, yangi rahbar va kadrlar tayinlanishi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari mos kelmaganligi sabablari murojaatchi fuqarolarga bir necha marotaba tushuntirilgan.

Aholining maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan ehtiyoj talablariga binoan mazkur hududda yana bitta xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi yaqin kunlarda ishga tushirilishini aniqlangan.

Murojaatchi fuqarolarning talablari amaldagi Qonunchilik normalariga to‘g‘ri kelmaganligi, ya’ni muassasaga yangi raqam berish va yangi kadrlar joylashtirishi oqibatsiz qoldirilishi ma’lum qilinadi.

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
19 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?