Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Rasmiy munosabat
E‘lonlar / 2023-11-09

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda tarmoq faoli Sobir Shohimardonov tomonidan “Tog'ay Murod” mahallasidagi bir guruh fuqarolar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi Azim Omonovning faoliyatidan norozi bo'lib, yo'llagan murojaati yuzasidan tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari bilan birgalikda o'rganish olib borib, quyidagilarni aniqladi:
1. Murojaatchilar tomonidan mahalla infratuzilmasi, sug'orish ariqlari va ichimlik suvi yo'llarini tortish bo'yicha norozilik bildirilgan bo'lib, bu yuqorida ko'rsatilgan ishlar mahallada imkoniyatlar doirasida bajarilgan bo'lib, yanada rivojlantirish uchun “Ochiq byudjet” tashabbuslari orqali hamjihatlikda bajarish kerakligi, bu bitta hokim yordamchisining vazifasi emasligi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
2. Mahallada keyingi vaqtlarda tashkil etilayotgan “Mahalla yettiligi” orqali kelgusida ko'cha chiroqlari, ichimlik suvlari hamda yo'llarni toshlash hamda asfalьtlar ishlari olib borishlikni “Ochiq byudjet” tizimi orqali muntazam ishlarda yuzaga chiqarish mumkinligi aytib o'tilib, murojaatchilarga tushunchalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mahallalardagi barcha aholi, faollar va “Mahalla yettiligi” ga kelgusida mahalla obodligi, bandlikni ta'minlash bo'yicha jiddiy ishlar bajarish lozimligi aks xolda, mas'ullarga nisbatan joriy Qonunlar bo'yicha jazo berilishni ma'lum qilinadi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?