Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
E‘lonlar / 2023-11-17

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda “Oromi yo'qolgan surxondaryoliklar dardiga kim quloq tutadi?” tanqidiy maqolasi yuzasidan o'rganish olib borib, quyidagilarni aniqladi:


1. Oltinsoy tuman hokimining 2020 yil 16-iyuldagi Q-1047 sonli qaroriga asosan “Oltinsoylik Mirishkor” fermer xo'jaligi Paxtakor massivida qishloq xo'jaligi xaritasining 404, 409,400, 401,406,410, 405, 429, 428, 427, 436, 424, 426, 408q, 334,335, 346, 347, konturlaridagi jami 97.90 gektar shungan 87.30 gektar suvli ekin, 0.70 gektar bo'z, 0.80 gektar yo'llar, 3.0 gektar ariq zavurlar xamda 6.10 gektar boshqa yerlar ajratib berilgan.
Surxondaryo viloyat hokimoning 2022 yil 20 yanvardagi 28-8-0-Q/22 sonli qarorda asosan Paxtakor massivida faoliyat yuritayotgan “Oltinsoylik Mirishkor” fermer xo'jaligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 404, 409, 410q, 405, 400, 401, konturida 15,0 gektar yer maydon tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan va Viloyat hokimi qarorining 2-ilovosiga muvofiq “Oltinsoylik Mirishkor” fermer xo'jaligiga qishloq xo'jaligi xaritasining 400, 401, 406, 412, 410q, 429, 428, 427, 436, 424, 426, 408q, 334, 335, 346, 347, konturlaridagi jami 82.90 gektar shungan 72.60 gektar suvli, 0.70 gektar bo'z, 2.70 gektar yo'llar, 0.80 gektar ariq zavurlar hamda 6.10 gektar boshqa yerlar ko'rsatib o'tilgan.

2. “Oltinsoylik Mirishkor” fermer xo'jaligi bilan tuman hokimligi o'rtasida ijara shartnoma tuzulgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kadastr pasporti shakillantirilgan.
3. ”Oltinsoy Mirishkor“ fermer xo'jaligi qarashli qishloq xo'jaligi xaritasining 424 konturda 3.80 gektar yer maydon mavjud.
Fuqaro Jurayev Shohjohon Olimjanovich o'zboshimchalik bilan egallab olingan jami 0.15 gektar yer maydonidan tuman hokimining 2018 yil 15 iyuldagi Q-4927 sonli qarori asosida 0.06 gektar yer maydoniga egalik qilish huquqi berilgan bo'lib qolgan 0.09 gektar yer maydoni ”Oltinsoy Mirishkor“ fermer xo'jaligi yer maydoniga kiradi.
4. Fuqaro Jurayev Shohjohon Olimjanovich tomonidan 2014-yil uy-joyi qurilgani va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 461-sonli qaroriga asosan bir martalik aksiya davomida Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat etgan va ushbu arizasi vakolatli organlarning ijobiy xulosasiga asosan Oltinsoy tuman hokimligining 2019 yil 15 iyuldagi Q-4927 sonli qarori bilan 0,06 ga yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan. Shuningdek yer maydonda joylashgan 23.76 kv.m. bino inshootlariga mulk huquqi berilganligini va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
18 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?