Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
E‘lonlar / 2023-11-09

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltinsoy tumani, “Mingchinor” MFYda yashovchi, 2-guruh nogironi Bahodir Qoraboyevga amaliy yordam ko'rsatilishi so'ralgan” maqolasi yuzasidan o'rganish olib borib, quyidagilarni aniqladi:
Fuqaroning uy-joyini ta'mirlab berishni so'rab qilgan murojaati tumandagi Mahalla tizimi xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va quyidagilar ma'lum qilinadi.
O'rganish natijasida, fuqaro tumandagi “Pahlavon” mahallasida yashashligi, mahalladagi homiylar tomonidan 2021-yilda 6 sotix tomorqa yer maydoni sotib olib berilgani, 3 nafar farzandi bo'lib, ularga nafaqa olishi, o'zining 2-guruh nogironi bo'lgani uchun nogironlik nafaqasi olishi, tuman hokimligi va homiylar tomonidan uy-joyi qurilishi uchun 50 dona shifer, 50 dona yog'och (strapela), 25 ming dona xom g'isht olib berilgani, oilasi mahallaning “Temir daftari” ro'yxatida turmasligi, yashash sharoiti yaxshiligi ma'lum bo'ldi.
Hamda mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan “Poyafzal ta'mirlash” do'koni ochib berilganligi aniqlandi.
Fuqaroga yuqorida ko'rsatilgan amaliy yordamlarni inobatga olib, uy-joyini ta'mirlash uchun yetarlicha yordam berilganligi sababli, uy-joyini ta'mirlash uchun boshqa amaliy yordam berilmasligi ma'lum qilindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?