Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
E‘lonlar / 2023-12-05

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarmoq faoli Sobir Shoximardanov tomonidan Oltinsoy tumanida joylashgan 9-sonli maktab qoshida tashkil etilgan “Milliy – qadriyatlar” muzeyini Habibulo Ismatullaev shu vaqtgacha o‘z hamyonidan boyitib, 3 mingdan oshiq tarixiy buyumlarni oilasi bilan to‘plagani, hozirgi kunda muzey Surxondaryoda bitta bo‘lsa-da, unga birorta ishchi biriktirilmagani, muzeyga e’tibor qaratilmayotgani yuzasidan shikoyat qilingan.

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan ushbu holat bo‘yicha o‘rganish olib borilib, haqiqatdan ham muzeyga katta mehnat va harajat qilinganligi, ammo unga doimiy ravishda xizmatchi biriktirilmaganligi aniqlandi.

Tuman hokimi B Maxmatraemov tomonidan 2024 yilning 1-choragi davrida ushbu muzeyga qonun bilan man’ qilinmagan manbalar hisobidan 1 ta xodimga ish haqi belgilab, xizmatchi tayinlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarilishiga hokimning birinchi o‘rinbosari B Abduraimovga topshiriq yuklatdi.

        

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
22 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?