Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
DIQQAT: OCHIQ BYUDJET TASHABBUSLARI BOSHLANADI
E‘lonlar / 2024-01-24

Fuqarolarni budjet jarayonlariga jalb etish maqsadida, o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi joriy yilning 1-fevralidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bunga ko‘ra, 1-fevraldan – 20-fevralga qadar – loyiha kiritish bosqichi; 21-fevraldan – 11-martga qadar – loyihalarni saralash bosqichi; 12-martdan – 1-aprelga qadar – ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.

 

Shu munosabat bilan, hududlarda ushbu jarayonlarni sifatli tashkil etish hamda fuqarolarning mazkur jarayonlarga keng jalb etilishini ta’minlash maqsadida:

2022-2023-yillarda g‘olib bo‘lgan loyihalardan iqtisod qilingan mablag‘larni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga tiklash;

tuman (shahar)lar budjetlarida joriy yilgi “Tashabbusli budjet” tadbirlari uchun rejalashtirilgan mablag‘larning tegishli qismini hamda mahalliy budjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foiz qismini Jamg‘armalarga yo‘naltirish choralarini ko‘rish;

ommaviy axborot vositalari hamda hokimlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jarayonlarning o‘tkazilishi yuzasidan fuqarolarni keng xabardor qilish;

barcha mahallalarning mazkur jarayonlarda ishtirokini ta’minlash,

jumladan

“mahalla yettiliklari” bilan ish tashkil qilgan holda, har bir mahalladan eng dolzarb uchtadan loyihalarni shakllantiriladi;

fuqarolarga loyihalarni shakllantirish va ovoz berish jarayonlarida ko'maklashish maqsadida, mahallalarda “tashabbuskorlar burchaklari” faoliyatini tashkil etiladi;

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
18 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?