Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
E‘lonlar / 2024-02-03

Oltinsoy tumani, "To‘xtamish" qishlog‘i aholisining hududda maktab yo‘qligi, shu boisdan 5 km. uzoqlikdagi 42-sonli maktabga qatnayotgani yuzasidan qilgan murojaati qilgan. Bu borada 2024-yil 18-yanvar kuni soat 21-00da "Sevimli" telekanalining "Zamon" axborot informatsion dasturi orqali Oltinsoy tumani hokimligi tomonidan ushbu holatga to‘liq izoh berilgan.
Bu borada Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“To‘xtamish” mahallasidagi maktabga qatnash uzoqligi uchun murojaat qilgan aholining xohish va istaklarini inobatga olib, 160 o‘rinli maktab filiali qurish uchun ham taklif berilgan.

Shuningdek, “To‘xtamish” mahallasidagi maktabgacha ta’lim yoshidagi yosh bolalar uchun mahalladagi mavjud 20-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotini 2025-yilda mukammal ta’mirlash dasturiga kiritish uchun taklif berilganligini ma’lum qilinadi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
41 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?