Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
«Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda
E‘lonlar / 2024-03-25

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023 yildagi «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 428-son qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 dekabrdan:
• reklama joyi pasportini shakllantiruvchi «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda;
• auktsion natijalari bo'yicha to'lov hamda reklamani joylashtirish uchun yig'im o'rniga miqdori ochiq elektron auktsion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yig'im kiritilmoqda;
• reklama joyi pasporti va uni davlat mulki ob'ektlarida joylashtirish to'g'risidagi shartnoma auktsion g'olibiga avtomatik tarzda «E-auksion» platformasi orqali ommaviy oferta shaklida yuboriladi;
• reklama joyi pasporti YaIDXP orqali beriladi.

Amal qilish muddati ko'rsatilmagan reklama joyi pasportlari uchun muddat 2024 yil 1 dekabrga (bino va inshootlar uchun) va 2030 yil 1 dekabrga (er uchastkalari uchun) qadar etib belgilanmoqda.

Shuningdek ijtimoiy reklama monitoringi bo'yicha komissiya tuzilmoqda, uning raisi – Bosh vazir, ishchi organ sifatida Prezident Administratsiyasi huzuridagi AOKA belgilanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 04.09.2023 yilda kuchga kirdi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Oltinsoy
tuman sudining raisi
K.Nazarov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?