Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish choralari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni mazmun-mohiyati
Gender tengligi / 2023-05-19
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mantiqiy davomi sifatida “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni joriy yilning 11 aprel kuni Prezident tomonidan imzolandi.
Ushbu Farmonning maqsadi mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirishdan iborat.
Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi. Mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytiriladi.
Shuningdek, xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirish belgilandi.
Shu bilan birga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi ham yana bir muhim yangiliklardan biri bo‘ldi.
 
 
                                 K.Nazarov Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining raisi

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?