O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 mart kuni qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni qabul qilindi.
Unda 2022 yil 1 sentabrdan boshlab budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi, mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytirilishi belgilandi.
Shuningdek, xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
2022 yil 1 iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etilib, bunda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va salohiyatli ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi;
o‘quv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi;
malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun o‘qish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi;
malakani baholash markazlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf o‘quvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shimcha kurslarda o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi beriladi.
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023 yildan boshlab:
har yili nodavlat tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 ming baravari miqdorigacha grantlar berish uchun Davlat budjetidan kamida 50 milliard so‘m Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratib borish belgilandi.
tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan xonasida o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilish belgilandi.
2022 yil 1 sentabrdan boshlab mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reestri joriy etildi.
Bundan tashqari, ushbu Farmon bilan 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dasturi tasdiqlandi.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari
bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi
I.Abraev
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2023