AYoLLAR ZO'RAVONLIGIGA QARShI BARChAMIZ KURAShAMIZ
Oilalarimiz chirog'i va charog'boni bo'lgan ayol zotiga ehtirom ko'rsatish, ularni e'zozlash milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.
Hayotning lazzati shirin turmishda. Er-xotin inoq, bir-biriga mehr-oqibatli bo'lishsa shuning o'zi baxtdir. Lekin, bu kabi hayotning lazzatlarini anglay olmaydigan ayrim insonlar borki, ular o'zining ayoliga, opa-singillariga tazyiq o'tkazishdan, zo'ravonlik qilishdan tab tortishmayapti.
Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish, zo'ravonlik qurbonlarini reablitatsiya qilish bo'yicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik deganda – xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazish choralarini qo'llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog'lig'i, jinsiy daxlsizligi, sha'ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g'ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik) tushuniladi.
Xotin-qizlarni bu kabi zo'ravonliklardan himoya qilish maqsadida himoya orderi beriladi va bu tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o'tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo'ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan Qonunda belgilangan ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanilishiga sabab bo'ladigan hujjatdir.
Devonxona mudiri v.b N.Soatov