Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“BIR NURONIY — 10 YOSHGA MAS’UL” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

Zal tomoshabinlar bilan to‘lib, hakamlar o‘zlariga ajratilgan joyga o‘tgach, tadbir boshlandi.
Ko‘rik-tanlovni Oltinsoy tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Yusufxon Hakimov kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
Tanlov ishtirokchilari bo‘lgan mahallalardagi nuroniylar vakillari sahnaga chiqib, saf tortishdi. Nuroniy otaxon va onaxonlar tomoshabinlarni o‘zlarining faoliyatlari bilan tanishtirdi.
Ikkinchi shartda esa hakamlar qatnashchilarning ish jarayoni aks etgan albomlarni ko‘zdan kechirib, baholadilar.
Uchinchi shartda, tanlovda qatnashayotgan 51 nafar ishtirokchilar boshlovchining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid savollariga navbat bilan javob berishdi.
Har bir shart orasida san’atkorlar tomonidan qo‘shiq va kuylar ijro etildi.
Qiziqarli o‘tgan ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar e’lon qilindi.
Hakamlar xulosasiga asosan, tanlovning tuman bosqichida 1-o‘rin — “Qoratepa” mahallasidan Ibrohim Obilovga, 2-o‘rin — “Qumpaykal” mahallasidan Abdusattor Nuraliyevga, 3-o‘rin — Mirshodi mahallasidan Berdimurod Hayitovlarga nasib etdi.
Tanlovning “Eng faol nuroniy” nominasiyada esa Guliston mahallasi vakili Xursand Gʻulomov g‘olib, deb topildi.
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan “Diplom”, “Faxriy Yorliq” va pul mukofotlari taqdim etildi.
— Muhtaram Prezidentimiz yurtimizda nuroniy otaxon va onaxonlarni kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga mas’ul bo‘lishni taklif qilgach, ushbu tamoyil asosida keksalar qimmatli hayot tajribalarini yoshlarga o‘rgatmoqda, avlodlar orasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, — deydi tanlov hakamlar hay’ati a’zosi, mehnat faxriysi Xosiyat Ahmadqulova. —Bugungi tanlov bu borada tumanimizda olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantiradi.
A.ODINAYEV,
Q.HAYITOVA.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?