Bugun, 28 noyabr kuni Oltinsoy tumani hokimligi majlislar zalida “Hokim yordamchisi bilan bir kun” loyihasi mavzusida Oltinsoy tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari—tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Abdurayimov hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Allayorovlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Oltinsoy tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va jurnalistlar qatnashishdi.
Matbuot anjumanida dastlab tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Abdurayimov so‘zga chiqdi.
—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmoni va shu asosda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-31-sonli va 24 dekabrdagi PQ-62-sonli qarorlari asosida tumanda hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda,—dedi B.Abdurayimov.— Hozirgi kunda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2020 ta ya’ni 42,4 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Jumladan, mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan 11ta parrandachilik, 103ta asalaarichilik, 4ta baliqchilik , 1267ta issiqxona, 113ta bog‘ va uzumchilik loyihalari amalga oshirildi. Ishsiz fuqarolarga 24ta tikuvchilik mashinalari va 38ta motokultivator va motorollerlar topshirildi. 5ta kichik ishlab chiqarish, 214ta xizmat ko‘rsatish,6ta hunarmandchilik va 235ta boshqa yo‘nalishlarga kreditlar ajratildi. Muhimi, hokim yordamchilari tomonidan joriy yilning 1 oktabr holatiga 10 906 nafar fuqarolarning daromadi oshirilishiga va bandligini ta’minlashga erishildi. 1890 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. 1076 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi. 1274 nafar fuqaro yer ajratish, 5771 nafar fuqaro fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish, 264 nafari yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari hisobidan,631 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlandi.
Matbuot anjumanida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Allayorov “Bo‘ston” mahallasining asosiy drayveri sanalgan aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish borasida mahalladagi hokim yordamchisi Alisher Ro‘ziev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi “Hokim yordamchisi bilan bir kun” loyihasi asosida tayyorlangan rolikni sharhlab berdi.
Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2025