Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Korrupsiya –millat kelajagining kushandasidir.

    Dunyoda korrupsiyaning turi xam tasnifi ham juda ko‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Turli ko‘rsatkichlar va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning xuquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, xar bir davlat korrupsiyaga qarshi o‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo‘l xali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bo‘lib ko‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir. Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 2017-yil 3-yanvarda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega xujjatlardan biridir.      6 bob, 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.

       Qonunning 4-moddasiga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi hamda javobgarlikning muqarrarligi ta’kidlangan.

        Oltinsoy tumani Nogironlar jamiyati hududiy bo‘linmasi 2024-yil 9-iyuldagi 8-04/24-sonli Davlat granti tanlovida  ishtirok etib, g‘olib bo‘lib, hududiy bo‘linma tomonidan  mazkur tanlovning asosiy yo‘nalishi hisoblangan “Jamiyatda  ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha  korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlashda nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini kuchaytirish” yo‘nalishida juda ko‘plab amaliy ishlarni olib borilmoqda.

         Xususan, mazkur loyihani  amalga  oshirish  uchun  Oltinsoy tumani Nogironlar jamiyati tuman hududiy bo‘linmasi  tomonidan tumandagi Bo‘ston va Sayrak mahalla fuqarolar yig‘inlarida imkoniyati cheklangan va ko‘ngillilar qatnashchilariga mahallar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish, santariya  ekologik-holatini  yanada yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy chora-tadbirlarini amalga oshirib, fuqarolarning bu boradagi xabardorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu  loyiha  doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari,  chiqindilarni  vaqtincha yig‘ish konteynerlarini tayyorlash (chiqindi qutilari) yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Bundan tashqari,  “Biz korrupsiyaga qarshimiz” loyihasi asosida turli targ‘ibot, bannerlari, buklet, eslatmalar tayyorlanib, aholi gavjum joylariga tarqatildi.

     Hududiy bo‘linma tomonidan tumandagi korxona, tashkilot hamda muassasalarda “Korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  biz ham befarq emasmiz” mavzusidagi Grant loyihasining taqdimoti asosida tumanda Bo‘ston mahallasida joylashgan 15-sonli Bolalar musiqa va san’at  maktabida  tadbirlar o‘tkazildi.

   Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari,  mahalliy hokimiyat  vakillari, tuman hokimi o‘rinbosarlari,  tuman Gazta’minoti korxonasi, Ekologiya bo‘limi, “Toza hudud” korxonasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Elektr ta’minoti korxonasi, “Suvta’minoti” korxonasi hamda Nuroniylar jamg‘armasi bilan hamkorlikda tumanimizdagi mahallalarida targ‘ibot ishlari olib borildi.

          Shuningdek, 2024-yilda mazkur loyihaning 2-oyi mavsumida bevosita ushbu tadbir  jarayonlariga (loyihada) Oltinsoy  tumani Sayrak  va  Bo‘ston  mahallalarida imkoniyati  cheklangan va ko‘ngillilar qatnashchilarga, jami 50 nafardan ortiq fuqarolar, jumladan, 5-nafar kam ta’minlangan oilalar bevosita tadbirlarga jalb qilinib, ikki yarim oy davomida mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kamzorlashtirish, sanatoriya va ekoligik holatlarni yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy  chora-tadbirlar amalga  oshirildi.

       Ushbu loyihadan ko‘zda  tutilgan ishlar davomida tumandagi Sayrak va Bo‘ston mahallalarida chiqindi qutilari (konteyner) qo‘yish davomida mahalla va fuqarolarga oz bo‘lsa-da, sanitariya-gigiena va ekologik muhitni sog‘lomlashtirish tadbirlari haqida tushunchalar berilib, bu borada turli bukletlar  tarqatildi. 

      Loyihaning 3-oyida  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  biz ham befarq emasmiz”  loyihasi asosida  mahallalarda davra  suhbatlari, nuroniylar  jamg‘armasi  va  mahalla  raislari  hamda  mas’ul korxona va tashkilotlar, tuman hokimligi hamda   tuman  Adliya bo‘limi  xodimlari   ishtirokida  davra  suhbatlari    tashkil  etildi.

        Loyihaning 4-oyi  davomida Qoratepa, Ovchi, Ekraz,  Guliston, Ipoq va Chep, Mustaqillikning 10 yilligi MFY larida nuroniylar va mahalla faollari bilan birgalikda “Korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  biz ham  befarq   emasmiz”  loyihasi asosida  mahallalarda davra  suhbatlari va boshqa  tadbirlar o‘tkazildi.

         Loyihaning 5-oyi  davomida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari bilan birgalikda “Korrupsiya – millat kelajagining kushandasidir”  loyihasi asosida  mahallalarda turli seminar-trening va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tumandagi Yangiqurilish, Navro‘z mahallalaridagi maktablar va tibbiyot maskanlarida tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Nuroniylar Kengashi, viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan hamkorlikda “Biz - korrupsiyaga qarshimiz” mavzularida turli tanlovlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

 Nogironlar jamiyati Oltinsoy

tumani bo‘limi rahbari                                       S.Alimardonov

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 12 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?