Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“KORRUPSIYАGA QARShI KURASh”

O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr), 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrutsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan.

Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 3 yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilab berildi.

Ushbu qonunning 3-moddasiga ko‘ra, korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.

Shuningdek, qonunning 5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilib kelinmoqda.

Xususan, mamlakatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Darhaqiqat, korrupsiya – vayronkor kuch, u milliy iqtisodiyotga misli ko‘rilmagan darajada putur yetkazadi. Ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo‘qoladi, jamiyatda ma’naviyat buziladi va hokazo. 

 Shuning uchun ham davlatimiz rahbari inson sha’nini kamsitadigan, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradigan illat – korrupsiyaga qarshi kurashishga e’tibor qaratmoqda. 

Bu jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rishi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishi, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishi lozim. 

Korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni ko‘rganda befarq bo‘lmaylik. Shunda korrupsiya degan illatdan butunlay qutilish mumkin buladi. 

 

Surxondaryo viloyat sudi

 jinoyat ishlari bo‘yicha

 sudlov hay’ati sudyasi          

                    K.Nazarov

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 11 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?