Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Korrupsiya- taraqqiyotning kushandasi

Taraqqiyot yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat bu – korrupsiyadir.

Korrupsiya mulkiy munosabatlar, fuqarolik jamiyati va demokratiya institutlari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va iqtisodiyot rivojlanishini nafaqat sekinlashtirib, balki fuqarolar tomonidan ta’lim sohasidagi o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishlariga ham to‘sqinlik qiladi. Bundan kelib chiqadiki, korrupsiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy  ta’siri natijasida investitsiya oqimining kamayishiga, xalq farovonligining pasayishiga hamda ta’lim sifatining tushib ketishiga olib keladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev juda ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suiiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida gapirar ekan, “korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz” deya ta’kidlab, unga qarshi kurashishni huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga asosiy vazifa sifatida qo‘yadi. Bu illatni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonun bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iborat ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.

Tan olish kerakki, korrupsiyasiz jamiyatga boshlovchi eng asosiy shartlardan biri bu - yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat, jamiyatdagi korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishdir.

Huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda uzluksiz va samarali targ‘ibot bilan aholini qonun hujjatlaridan xabardor qilib borish, ularda qonunga hurmat ruhini tarbiyalash, o‘z huquq va burchlarini anglatish orqali shaxsni kamol toptirish maqsad qilinadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishning dastlabki bosqichida kapital qurilish va ta’lim sohalarining tanlanganligi ham bejizga emas.

            Ma’lumki, bo‘lajak huquqshunos kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurash kompetentligining zamonaviy qiyofasini shakllantirish o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tegishli shart-sharoitlari va talablarini taqozo qiladi. Bizningcha, huquqning alohida sohasi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish huquqi fanini kiritishlik huquqiy ongni, shu jumladan, tinglovchilarning antikorrupsiyaviy dunyoqarashini shakllantirishda, mutaxasislarning bu boradagi uzoq muddatli kasbiy layoqatga ega bo‘lishida, shu bilan birga tinglovchilarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi huquqiy kompetentligini oshirishda o‘zining ijobiy samarasini beradi va bu boradagi barcha masalalarni o‘zida  aks ettirish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, o‘quv auditorisida korrupsiyaga qarshi kurashi borasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi ta’lim texnologiyalari qo‘llanilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

mashg‘ulotni tashkil etishning interfaol shakllarini qo‘llash;

Kasbiy faoliyatga daxldor turli “ish o‘yin”larini tashkil etish;

“Hayotiy voqealar” asosiga qurilgan ssenariy bo‘yicha videoroliklar yaratish;

u yoki bu vazifalarga qarab, shart-sharoitlari o‘zgaradigan situatsion masalalarni hal etish va tahlil qilish;

huquqiy kolliziyalarni birgalikda ko‘rib chiqish;

tajribali huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan uchrashuvlar, tegishli mutaxassislar tomonidan master-klasslar o‘tkazilishini tashkil etish;

taqdimot materiallaridan foydalangan holda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

rad etib bo‘lmas faktlar, tahlillar asosida ilmiy maqolalar, tezislar, va ilmiy-ommabop materiallar tayyorlash.

Eng asosiysi bu borada imitatsion o‘qitish texnologiyasini qo‘llash.

Yuqoridagilardan kelib hulosa qilishimiz mumkinki, sanab o‘tilgan mazkur texnologiyalarni qo‘llash o‘zaro kommunikativlikni, shaxslar o‘rtasidagi aloqa va guruh hamkorligini ta’minlaydi, maqsadga yo‘naltirilgan fikrlashni rivojlantiradi, kasbiy faoliyatda antikorrupsiyaviy motivatsiyaga oid talablarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Qiziqarligi, ijodiyligi jihatidan tinglovchiga nisbatan katta hissiy ta’sir ko‘rsatishini inoabatga olishimiz lozim.

               

 

 

Surxondar viloyat sudi devonxona katta konsultanti M.Mamatqoriev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
8 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?