Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
«KORRUPTSIYaGA QARShI KURASh»

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo'yadigan adolat tuyg'usini hayotimizda keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e'tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari belgilangan.
O'zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (Nьyu-York, 2003 yil 31 oktyabrь), 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrutsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabrь) qo'shilgan.
Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 yanvarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilab berildi.
Ushbu qonunning 3-moddasiga ko'ra, korruptsiya — shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Shuningdek, qonunning 5-moddasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan bo'lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlashdan iboratdir.
Jamiyatimizda korruptsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to'g'risidagi qonun talablarini amalda ta'minlash bo'yicha qat'iy choralar ko'rilib kelinmoqda.
Xususan, mamlakatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, korruptsiya – vayronkor kuch, u milliy iqtisodiyotga misli ko'rilmagan darajada putur yetkazadi. Ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo'qoladi, jamiyatda ma'naviyat buziladi va hokazo.
Shuning uchun ham davlatimiz rahbari inson sha'nini kamsitadigan, islohotlar g'oyasini obro'sizlantiradigan illat – korruptsiyaga qarshi kurashishga e'tibor qaratmoqda.
Bu jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish chora-tadbirlarini ko'rishi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar o'z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishi, ta'lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim va tarbiyani olib borishi lozim.
Korruptsiya bilan bog'liq holatlarni ko'rganda befarq bo'lmaylik. Shunda korruptsiya degan illatdan butunlay qutilish mumkin buladi.

Jinoyat ishlari bo'yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi K.Nazarov

 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
18 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?