Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Korruptsiya – bu jamiyat va hayotni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.
Korruptsiya illati demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga, qonunchilikning izdan chiqishiga, shuningdek, bozor iqtisodiyoti rivojiga to'sq bo'lib, hayot sifatini yomonlashtirish hamda odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
          Bu esa, har-qanday shaxsda xoh u oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs bo'lsin ularda davlatga hamda qonun ustvorligiga nisbatan ishonchning yo'qolishiga hamda javobgarlik muqarrarligi printsipining tanozilga uchrashiga olib keladi. Natijada mansabdor shaxslarning pora olishi, tanish-bilish, urug'-aymoqchilik, guruhbozlik yoki mahalliychilik va mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishni oddiy hol sifatida qabul qilishiga, oddiy fuqarolarda esa «pora bermasdan masalani hal etish mumkin emas», degan psixologiya va instinktning shakllanishiga olib keladi.
          Albatta hozirgi vaqtda qonunchilikda va davlat boshqaruvida korruptsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekanligini ta'minlash bo'yicha qat'iy choralar ko'rilmoqda.
           Biroq jamiyatimizda Korruptsiyani yo'qotish borasida qatiy islohatlar amalaga oshirilayotgan bo'lsada, mazkur illatni to'laqonli bartaraf etish imkoni bo'lmayotganligi ko'rinib turibti.
           Jamiyatda Korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o'ta dolzarb masala bo'lib, garchi buni amalga oshirish doirasida mas'ul idoralar tashkil etilgan bo'lsa-da, mazkur sayi harakatlarning to'laqonli ro'yobga chiqishi uchun har bir fuqaro, har bir shaxs o'zida mas'uliyat his etsa o'ylangan maqsadga erishish bir muncha osonlashgan bo'ladi.
 
 
 
Jinoyat ishlari bo'yicha 
Oltinsoy tuman sudining devonxona mudiri Q.Zubaydullayev
 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
14 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?