Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
RAQAMLAR YUKSALISHDAN DALOLAT BERADI OLTINSOY TUMANINING IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Ochiq ma'lumotlar / 2024-11-07

Tumanimiz sanoatchilari 3-chorakda 242,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsalar, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yanvar- sentabr oylari oralig‘ida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 560,3 milliard so‘m (203,1 foiz)ga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 121,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu raqamni o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlar bilan qiyoslaganda, 104,6 foizlik yuksalish bo‘lganligi ko‘zga yaqqol tashlandi.

Joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida tumanimiz aholisiga ko‘rsatilgan jami xizmatlar miqdori 556,9 milliard so‘m (111,3 foiz)dan ortdi. Chakana tovar aylanmasi esa 653,7 milliard so‘mlikka etdi.

Ma’lumki, tumanimizda ham bugungi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, eksport va import masalalariga alohida e’tibor bilan qaralayapti. Shuning evaziga tumanda 3-chorakda tashqi savdo aylanmasi hajmi 10300,6 ming AQSH dollari, shundan, eksport hajmi 7348,8 ming AQSH dollari, import hajmi 2951,9 ming AQSH dollari qiymatiga teng bo‘ldi.

 

Oltinsoy tuman Statistika bo‘limi

Ro`yxatdan o`tish
10 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?