Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
11 OKTABR—XALQARO QIZLAR KUNI

11 OKTABR—XALQARO QIZLAR KUNI

 Oltinsoy tumanidagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi majlislar zalida 11 oktabr—Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlab, tuman  hokiminingxotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Munira Mardonova tashabbusi bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda  tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi Gulsin O‘rinova tumandagi maktablardan o‘quvchi qizlar  ishtirokini ta’minladi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimi Maqsuda Mahmatqulova olib borgan ushbu tadbirda dastlab tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi  o‘rinbosari Munira Mardonova so‘zga chiqib, BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19  dekabrdagi   rezolyusiyasiga asosan, 11 oktabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilinganligi, BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etilganligini  ta’kidlab, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.

Shundan so‘ng tadbirda so‘zga chiqqan “Xalq va hayot” gazetasi Bosh muharriri Normurod Temirov, faxriy jurnalist Xosiyat Ahmadqulova, tuman Kengashi deputati Hafiza Sherqobilova, Oltinsoy pedagogika kolleji direktori Nurjamol Mengnorovalar   yurtimizda ham millat davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli qilib voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi belgilab berilganligini ta’kidlashdi.

“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda  qizlarni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi. Tumandagi maktablardan va Oltinsoy tuman pedagogika kollejidan tashrif buyurgan iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan  kuy va qo‘shiqlar bayram davrasiga yanada fayz kiritdi.

 

Eng muhimi, ishtirokchi qizlar farovon jamiyatni qurishda yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini yana bir bor teran anglashdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchi-qizlarga  Oltinsoy tuman  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan Faxriy yorliqlar va esdalik uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

                                             Gulhayo XUDOYBERDIEVA,

                                                Odiljon SODIQOV.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?