Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
MARAFONDAN   SO‘NG  BOG‘  YARATISHGA  YO‘L OLISHDI  

 Bugun, 4 dekabr kuni Oltinsoy tumani hokimligi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan   tuman tibbiyot birlashmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman  soliq davlat  inspeksiyasi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, “Oltinsoytumangaz”, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, Oltinsoy tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi, tuman hayvonlar tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, tuman veterinariya bo‘limi rahbarlari va xodimlar ishtirokida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.Marafonda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdi.

Ma’lumki yurtimizda aholi salomatligi muhofazasi birlamchi o‘rinda turadi. Qolaversa, so‘nggi yillarda bu masalada asosiy e’tibor kasalliklar bilan kurashishga emas, aholining tibbiy va sanitar-gigienik madaniyati darajasini oshirish hamda tizimli profilaktikaga qaratilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish lozim. Davlatimiz rahbarining har kim o‘z salomatligi uchun hech bo‘lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida bildirgan tavsiyalariga amal qilib oltinsoylik yoshu-keksalar birdek sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etayotgan marafonlarda jismoniy faollik ko‘rsatayotgani barchamizni quvontiradi.

Bugun ham oltinsoyliklar erta tongni “Sog‘lom hayot uchun  5000 qadam bosing”  shiori ostida  boshlashdi. Tuman markazidagi “Okean” to‘yxonasidan to  Toshkent-Denov katta yo‘l traktigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tgan tuman faollari, xodimlar, nuroniy otaxonlar  marafondan so‘ng avtobuslarga o‘tirib, tumanning “Qurama-1” mahallasi hududidagi “Chori Yormat” fermer xo‘jaligi dalasi tomon yo‘lga  tushishdi.  Ular bu yerda tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan birga  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  1 gektar maydonga  500 tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Ayni paytda tumandagi mahallalar, korxona va tashkilotlar hovlilari, yon-atroflarga, yo‘l va ko‘cha yoqalariga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari va butalar ekish ishlari  qizg‘in olib borilmoqda.

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?