Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
YOSHLARGA MOTIVATSIYA BERISH KERAK

  Xabaringiz bor, Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 9 noyabrida bo‘lib o‘tgan  videoselektor yig‘ilishida yoshlar siyosati bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilingan edi.

   Davlatimiz rahbari bunda, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi. Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekani inobatga olinib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi, deya ta’kidlagan edilar.

Bugun, 5 dekabr kuni  Surxondaryo  viloyati hokimi To‘ra Bobolov, viloyat sektor rahbarlari  Oltinsoy  tumanidagi  yoshlar bilan uchrashdi.

— Har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi lavozimiga  yoshlarni ortidan ergashtira oladigan, sadoqatli, fidoyi nomzodlarni tanlashimiz lozim,—dedi uchrashuvda  viloyat hokimi.—Yoshlarimiz orasida salohiyatli, tashabbuskorlari ko‘pchilik. O‘zidagi mavjud imkoniyat,  bilimi va salohiyatidan unumli foydalana olmayotgan yoshlarga motivatsiya berish, ularni uyg‘otish va to‘g‘ri yo‘lga boshlay oladigan yoshlar yetakchisini  tanlashimiz kerak.

—Tumanning markazidan tog‘li qishloqqa kelin bo‘lib tushganman,—dedi yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod Mahliyo To‘xtaeva.—Qishloqda xalq hunarmandchiligini yo‘lga qo‘yish orqali ko‘plab xotin-qizlarni ish joyiga ega qilmoqchiman. Masalan, gilam to‘qiydigan oilalar bor,jumladan, men tushgan xonadon ayollari ham kashtachilik, zardo‘zlik va gilam to‘qish bilan shug‘ullanadi. Bu hunarni  ikki yilda o‘zlashtirib oldim.  Mahsulotimizni Samarqand va Buxorodan mijozlar sotib olishadi. Chunki, sayyohlar esdalik uchun oladigan mahsulotlarning narxi ham to‘quvchini qoniqtiradi.Yigitlarga esa  avtotexxizmat nuqtalarini ishga tushirib berish niyatidaman.

Viloyat hokimi  yoshlar  yetakchiligiga  nomzodlarning aksariyati bilan dildan suhbatlashdi. Ulardan  kelgusidagi reja va maqsadlari xususida so‘radi. Viloyat hokimi bilan samimiy ruhda  o‘tgan suhbat davomida yoshlar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
14 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?