Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
O‘QUV MAShG‘ULOTI TAShKIL ETILDI

O‘QUV MAShG‘ULOTI TAShKIL ETILDI

2021yil 9 dekabr kuni Oltinsoy tumanida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda "Qishloq hududidagi ishsiz ayollar va qizlarning ish bilan band qilish imkoniyatlarining gender tahlili va ularni tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallashlariga ko‘mak berish " mavzusidagi loyiha doirasida tadqiqot hamda oflayn shaklda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi qishloq hududidagi xotin- qizlarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini yaxshilashga ko‘maklashish, xususan, qishloq aholisining sa’y- harakatlarini iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etishga safarbar etish, shuningdek, inson huquqlarini hurmat qilish, gender tamoyillarini hisobga olish, qishloq ayollarining turmush darajasini oshirish, qishloq ayollariga maslaxat va axborot yordamini ko‘rsatish hamda ularning iqtisodiy va moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlashga ko‘mak berishdan iborat.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
16 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?