Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
YANGI TIZIM BO‘YICHA MALAKA OSHIRISHMOQDA

YANGI TIZIM BO‘YICHA MALAKA OSHIRISHMOQDA

Bugun, 20 dekabr kuni Oltinsoy tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida joylashgan  1-sonli kasb-hunar maktabida tumandagi 54 ta mahallalarda joriy etilgan hokim yordamchilari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari  boshlandi.

Respublika vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida joylarda hokim yordamchilarining “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash mexanizmi asosida o‘z ish faoliyatini tashkil etishi uchun zarur bo‘lgan mavzular qamrab olingan.

 

O‘quv dasturining birinchi kunida respublika “Milliy bank” boshqaruvi raisining o‘rinbosari Anvar Mirzaev, Oltinsoy tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Azamat Mamatmo‘minov, tuman hokimligi Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Aliqulovlar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

—O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga joriy etilayotgan tizim bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda, — deydi Oltinsoy tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Tojimurod Ko‘charov. — Jumladan, tinglovchilar mashg‘ulotlarning birinchi kunida hokim yordamchisi va mahallabay ishlash markazlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, hokim yordamchilari o‘z vazifalarini amalga oshirishda moliyaviy instrumentlardan foydalanish va ular faoliyatini reyting asosida baholash mexanizmlari, ishsiz aholini korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish orqali ularni daromad manbai bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari hamda subsidiya mablag‘lari ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishni rag‘batlantirish tizimi, ish beruvchilarni rag‘batlantirish orqali ishsiz fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha  ma’ruzalar tinglashdi.

 

O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 29 dekabr kuniga qadar davom etadi, yakunida tinglovchilar o‘tilgan mavzular yuzasidan test sinovlarini topshiradilar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
24 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?