Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Oltinsoy tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Boymirzayev Ravshan 1975 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – moliya va kredit.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. 2005-2007 yillarda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi boshlig‘i, 2007-2008 yillarda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yildan buyon Uzun tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
13 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?