Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Referendumning o'tkazish tartibi

O'zbekiston Respublikasining referendumi respublika qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi hisoblanadi va referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo'ladi.
«Referendum» so'zining ma'nosi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan muhim masalalar bo'yicha o'tkaziladigan va ba'zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan umumxalq so'rovi, ovoz berish yo'li bilan xalq fikrini aniqlashdan iboratdir.
Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum o'tkzilayotganda muayyan masala – qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, kontitutsiyaga tuzatishlar, davlat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatga oid biron bir savol quyiladi, saylovlarda esa biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar qo'yiladi va unga ovoz beriladi.
“O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida”gi Qonun dastlab 1991 yil 18 noyabrь kuni qabul qilingan, mazkur qonun yillar davomida xalqaro va O'zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan.
Referendum o'tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o'n sakkiz yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to'la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok eta olmaydilar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg'ulotining turi va xususiyatiga qarab, fuqarolarning referendumda qatnashish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
O'zbekistion Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi yangi tahrirdagi Konstitutsiya to'g'risidagi qonunni qabul qildi, Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo'yishni ma'qulladi, Qonun 2023 yil 30 aprelь, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan umumxalq referendumida ovozga qo'yiladi.
Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Referendumda barcha fuqarolarni faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Jinoyat ishlari bo'yicha Oltinsoy tuman sudining raisi K.Nazarov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?