Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Tumanda 2-sektor rahbari almashdi

Oltinsoy tumani prokurori Turon Berdimurodovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tumanga Mansur Karimov prokuror etib tayinlandi.

Bugun Oltinsoy tumani hokimligi majlislar zalida Turon Berdimurodovning kuzatish marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat prokuraturasidan Ravshan Namozov ishtirok etib, tuman faollariga yangilikni yetkazdi.

-Ko‘p yillik samarali mehnatlari, xalq ko‘nglidan ijobiy joy olgan yetuk kadr, haqli  ravishda oltinsoyliklar qalbida huquq posboni timsolini egallagan desak adashmaymiz-dedi o‘z so‘zida tuman hokimi Baxrom Maxmatraemov-Turon Bobomurodovich, o‘zining qimmatli maslahatlari bilan xalq oldidagi burchlarimizni bajarishda fidokorlik ko‘rsatib keldi.

Oltinsoyliklar  Turon Bobomurodovichni haqiqiy xalq orasiga kirgan, ularning dardini o‘z dardi kabi bilgan inson deb bilishadi!  Eslatib o‘tamiz, T Berdimurodov Oltinsoy tumaniga 2018 yil may oyidan buyon prokurorlik qilib kelyotgan edi!

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?